Sayt test rejimida ishlamoqda

LONDONDA OʻTKAZILAYOTGAN FORUM DOIRASIDA “YORK PRESS” VA “PEARSON ASSESMENT” NASHRIYOTLARI BILAN UCHRASHUVLAR TASHKIL ETILDI

24-may 2022-yil
image

Londonda oʻtkazilayotgan Butunjahon taʼlim forumining ilk kunida Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev Malayziya taʼlim vaziri Moxd Radzi Md Jidin bilan uchrashgan edi.

Forum doirasida “York Press” va “Pearson Assesment” nashriyotlari bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi. Usmon Sharifxodjayev mazkur nashriyot mutaxassislari bilan xalqaro miqyosda tan olingan zamonaviy darsliklar yaratish, ularni Oʻzbekistonga moslashtirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, hamkorlar bilan oʻqituvchilar bilimini baholash hamda sertifikatsiyalarni joriy qilish boʻyicha kelishib olindi.

photo2022-05-2320-48-35.jpg

“National Geographic Learning” taʼlim kontentiga moslangan elementlarni Oʻzbekistonda taʼlim jarayoniga moslashtirish boʻyicha fikr almashildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu