Sayt test rejimida ishlamoqda

OʻZBEKISTONLIK 6 NAFAR OʻQUVCHI BAADA OʻTAYOTGAN 18-XALQARO TABIIY FANLAR OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETMOQDA

13-dekabr 2021-yil
image

Joriy yilning 12-21-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida Oʻsmirlar oʻrtasida 18-Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO) boʻlib oʻtmoqda. Xalqaro olimpiadada tabiiy fanlar, yaʼni kimyo, biologiya va fizika fanlari boʻyicha oʻquvchi yoshlarning kompleks bilimlarini sinashga va dunyo boʻyicha mazkur fanlardan maktab oʻquvchilarining raqobat qilishlari uchun sogʻlom muhit yaratishga qaratilgan.

Xalqaro olimpiada tashkilotchilari tomonidan bu yilgi olimpiada gibrid formatda, yaʼni har bir ishtirokchi davlatdan bir nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa aʼzolari hamda 2 nafar terma jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etishi belgilangan.

Oʻsmirlar oʻrtasidagi Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 70 ga yaqin davlatidan jami 400 nafar ishtirokchi oʻquvchi, 500 nafar jamoa rahbari va kuzatuvchi ishtirok etmoqda.

Mazkur Xalqaro olimpiada 3 turda oʻtkaziladi:

✅birinchi turda ishtirokchilarga 30 ta test topshiriq;

✅ikkinchi turda 5 ta nazariy topshiriq;

✅uchinchi turda tabiiy fanlardan amaliy topshiriqlar beriladi.

Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarini saralash joriy yilning 18-sentyabr kuni Fargʻona shahrida oʻtkazildi.

Eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar oʻquvchi Oʻzbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

✅Abdulloh Mahmudov (Toshkent shahri, 81-IDUM oʻquvchisi);

✅Axror Bahodirov (Toshkent shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab-internati oʻquvchisi);

✅Alibek Norbutayev (Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUM oʻquvchisi)

✅Daler Rahimov (Buxoro viloyati, Buxoro shahri, 35-maktab oʻquvchisi)

✅Shaxzoda Hakimova (Toshkent shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab-internati oʻquvchisi)

✅Sohibjon Dilmurodov (Toshkent shahri, Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi)

Oʻsmirlar oʻrtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk bor 2019-yil ishtirok etib, bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu