Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGIDA JAHON BANKI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH IMKONIYATLARI KOʻRIB CHIQILDI

25-noyabr 2021-yil
image

Joriy yilning 25-noyabr kuni Xalq taʼlimi vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi inson taraqqiyoti boʻyicha mintaqaviy direktori Fadiya Saada bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda vazirning birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev Jahon banki vakili Fadiya Saada bilan Jahon banki moliyaviy koʻmagida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan joriy loyihalar xususida suhbatlashdi.

photo2021-11-2518-38-52.jpg

Uchrashuv chogʻida Jahon bankining mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirishda koʻrsatayotgan yordami, jumladan, taʼlim, ijtimoiy sohalarini isloh qilishda qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar tegishli sohalarda oʻzaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqdi.

photo2021-11-2519-30-43.jpg

Soʻngra Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddi xodimlari hamda Saada xonim Toshkent shahridagi 20-umumtaʼlim maktabida boʻlib, taʼlim muassasasida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Maktab jamoasi bilan yaqindan suhbatlashib, taʼlim maskanida bilim olayotgan oʻgʻil-qizlarga turli mavzudagi bolalar uchun nashr etilgan kitoblarni topshirildi.

photo2021-11-2518-38-53.jpg

Jahon bankining bugungi kunda Oʻzbekistondagi dasturi Yevropa va Osiyo mintaqasida Turkiyadan keyingi eng katta amaliyoti hisoblanadi. Ushbu dastur joriy yilning 1-noyabr sanasiga koʻra umumiy qiymati qariyb 4,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etuvchi 26 ta loyihadan iborat.

photo2021-11-2519-30-3615.jpg

Ushbu loyihalar hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning qator yoʻnalishlari, jumladan, makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, suv resurslarini boshqarish, irrigatsiya va drenaj tizimlarini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, suv taʼminoti, energetika, transport, aholini ijtimoiy himoya qilish, shahar va qishloq infratuzilmasi, milliy innovatsion tizim, soliq maʼmuriyatchiligi, pandemiyaning fuqarolar salomatligi va mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini yumshatishga xizmat qiladi.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu