Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI: “TAʼLIMDAGI ISLOHOTLARNI YANADA TEZLASHTIRIB, INNOVATSIYALARNI ENG CHEKKA HUDUDLARGA YETIB BORISHINI TAʼMINLASHIMIZ LOZIM”

20-noyabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov tayinlandi oʻzining ilk ishchi tashrifini Respublika taʼlim markazi hamda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

Respublika taʼlim markaziga tashrif chogʻida Markaz direktori Shuhrat Sattorov tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim mazmuni, darsliklarni tayyorlash jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

b73fa4f7dabd490821fdf.jpg

Xususan vazir yangi avlod darsliklari, ularni yaratgan mualliflar faoliyati va qolgan darsliklarni yaratilish muddatlari bilan tanishtirildi.

Vazir yangi darsliklarni yuqori baholab, ularni yaratish jarayoni yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Yangi avlod darsliklarini tayyorlash jarayonini yanada tezlashtirishimiz lozim, darsliklarni yozilishini choʻzmasligimiz lozim, sababi darsliklarning kechikishi jamiyat rivojlanishining kechikishi degani”, — deydi vazir Baxtiyor Saidov.

09d54d45ccf6554485517.jpg

Vazir tomonidan shuningdek, taʼlim mazmunini xalqaro darajaga koʻtarish, yoshlarni taʼlim olishga qiziqtirish, dars berishning innovatsion usullaridan foydalanish, vizual kontentni rivojlantirish kerakligi haqida takliflar bildirildi. Vazir innovatsiyalardan qishloqlarda foydalanish masalasini koʻtarib, ularni chekka hududlarga yetib borishini ham taʼminlashga alohida eʼtibor berish lozimligini qayd etdi.

f09ba5146206671d5c3c0.jpg

Oʻrganish jarayoni A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida davom etdi. Institut rektori Ayubxon Radjiyev tomonidan soʻngi yillarda muassasa tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, xususan, malaka oshirishdagi oʻzgarishlar, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ustuvor yoʻnalishlar, taʼlimdagi muammolar yechimiga qaratilgan oʻndan ortiq ilmiy-amaliy loyihalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Vaziri institut tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni yuqori baholab, dolzarbligi nuqtayi nazaridan oxirigacha samarali yakunlash lozimligini qayd etdi.

8772d127d12fe069ab6b2.jpg

Shuningdek, xalq taʼlimidagi muammolarni joylardan oʻrganib, oʻqituvchi va oʻquvchilarni eshitish bilan aniqlanishi va barcha yaratilayotgan qulaylik hamda imkoniyatlar oʻquvchi va oʻqituvchi roziligiga qaratilishi lozimligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu