Sayt test rejimida ishlamoqda

BUYUK BRITANIYA ELCHISI HAM “YASHIL MAKON” LOYIHASINI QOʻLLAB KOʻCHAT OʻTKAZDI VA XALQ TAʼLIMI TIZIMIDA HAMKORLIKKA DOIM TAYYORLIGINI BILDIRDI

12-noyabr 2021-yil
image

Prezidentimiz tashabbuslariga koʻra amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot bilan birgalikda Toshkent shahridagi 255-sonli umumtaʼlim maktabi hududida barpo etilayotgan “Ziyo dunyosi bogʻi”ga koʻchat oʻtkazdi.

Buyuk Britaniya elchisi oʻz jamoasi hamda Britaniya Kengashlari (British Council)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Denis Vaddingam bilan xayrli ishga oʻz hissalarini qoʻshdi.

photo2021-11-1111-46-47.jpg

Tadbirdan soʻng, Buyuk Britaniya tomoni hamda Xalq taʼlimi vazirligi vakillari maktab yonida joylashgan Toshkent xalqaro taʼlim universitetiga tashrif buyurishdi va u yerda tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarining amaldagi holati hamda istiqbolli loyihalari toʻgʻrisida kelishib oldi.

Elchi 2022-yilning fevralida Londonda boʻlishi kutilayotgan Jahon taʼlim forumiga vazir Sherzod Shermatovni taklif qilib, soʻngi yillarda Oʻzbekistonda, xususan xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilgan ijobiy oʻzgarishlarni qoʻllab quvvatlashini hamda oʻzaro hamkorlikka doim tayyorligini taʼkidladi.

photo2021-11-1111-46-48.jpg

Buyuk Britaniya tomoni shuningdek, global oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, iqlim oʻzgarishiga doir loyihalarni qoʻllab quvvatlashi, shuning uchun ham “Ziyo dunyosi bogʻi” tadbiriga taklif qilinganidan mamnun ekanligini bildirdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu