Sayt test rejimida ishlamoqda

“YILNING ENG YAXSHI OʻZBEK TILI OʻQITUVCHISI” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

11-noyabr 2021-yil
image

Joriy yilning 10-noyabr kuni poytaxtimizdagi 110-sonli umumtaʼlim maktabida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi hamkorligida oʻzbek tili fani oʻqituvchilari orasidan mahoratli va tashabbuskor, oʻz ustida ishlaydigan faol oʻqituvchilarni aniqlash, oʻzbek tilining davlat tili sifatida oʻqitilishi boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlanmalar koʻlamini kengaytirish maqsadida respublika miqyosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “ona tili” va “oʻzbek tili” fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazildi.

20-iyuldan boshlangan tanlov jarayonlarida 24670 nafar oʻqituvchi roʻyxatdan oʻtdi.

photo2021-11-1115-52-08.jpg

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra Ona tili fanidan:

1-oʻrinni Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani 46-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Xusniddin Turgʻunboyev;

2-oʻrinni Toshkent viloyati Olmaliq shahri 19-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nilufar Xakimova;

3-oʻrinni Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Komila Rajabova egalladi.

Oʻzbek tili fanidan:

1-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri 44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻzbek tili oʻqituvchisi Mehriyo Tuleshova;

2-oʻrinni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani 39-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻzbek tili oʻqituvchisi Sevara Abdullayeva;

3-oʻrinni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 91-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻzbek tili oʻqituvchisi Oybek Boyatov egalladi.

Tanlovning respublika bosqichida har ikkala fan yoʻnalishida gʻoliblarning har biri quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-oʻrin uchun — 30 mln. soʻmdan,

2-oʻrin uchun — 20 mln. soʻmdan,

3-oʻrin uchun — 10 mln. soʻmdan pul mukofotlari hamda “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

photo2021-11-1115-53-12.jpg

Shuningdek, oʻqituvchilarga yaqindan metodik yordam koʻrsatgan fan metodistlari ham “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu