Sayt test rejimida ishlamoqda

HUDUDIY XALQ TAʼLIMI BO‘LINMALARI BILAN SOHADAGI ISLOHOTLAR NATIJADORLIGI TAHLIL ETILDI

20-may 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari Samarqand viloyatidagi o‘rganishlar davomida tuman va shahar xalq taʼlimi bo‘limi mudirlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda joriy yilning birinchi yarim yilligi va yil yakuniga qadar xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi muhokama etildi.

photo2022-05-2010-32-03.jpg

Dastlab, Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan 2022-2026 yillarda xalq taʼlimi sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur va uning ijrosiga qaratilgan Farmon hamda Qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, taʼlim sifatini yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, yangi metodikalar asosida o‘qitish, xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda darsliklarning yangi avlodini yaratish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yana-da mustahkamlash, maktab rahbarlarining vakolatlarini kengaytirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga oid vazifalar tushuntirildi.

photo2022-05-2010-32-02.jpg

Tuman va shahar xalq taʼlimi bo‘limi mudirlarining shaxsiy javobgarligi, islohotlarni maktablargacha yetib borishi va natijadorligini taʼminlashda masʼuliyati belgilab berildi.

Uchrashuvda xalq taʼlimi muassasalaridagi muammolarni hal etishga qaratilgan hududiy dasturlar ijrosi tanqidiy muhokama etildi. Tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, xalq deputatlari hududiy Kengashlari bilan hududiy dasturga kiritilgan har bir vazifani o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlashi zarurligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, maktab bitiruvchilarini maʼnaviy yetuk avlod etib tarbiyalashda o‘qituvchilarning masʼuliyati, ertangi kelajak, mamlakat taqdiri o‘qituvchilar qo‘lida ekanligi tushuntirildi.

photo2022-05-2010-32-01.jpg

Muloqot yakunida tuman va shahar xalq taʼlimi bo‘limi mudirlarining 2022 yilda amalga oshiradigan vazifalari bo‘yicha axboroti hamda sohani rivojlantirishga oid takliflari tinglandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu