Sayt test rejimida ishlamoqda

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN “5 TASHABBUS – SPORT BILAN” MUSOBAQASI RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

19-may 2022-yil
image

Joriy yilning 15-18 may kunlari imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari o‘rtasida “5 tashabbus – sport bilan” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalar uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

photo2022-05-1910-46-51.jpg

18 may kuni sportning shaxmat, yengil atletika va quvnoq estafeta turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sport musobaqalarining Respublika final bosqichi yakunlandi.

photo2022-05-1819-54-38.jpg

Musobaqa yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindor o‘quvchilar Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Vahobjon Rajabov, vazirlikning Maktabdan tashqari taʼlim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi masʼul xodimlari tomonidan medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu