Sayt test rejimida ishlamoqda

OLIS HUDUDLARDAGI MAKTABLARDA ISHLAYOTGAN OʻQITUVCHILARGA BOSHLANGʻICH YORDAM VA IJARA PULI TOʻLOVIDA UZILISHLAR BOʻLGANDA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGIGA MUROJAAT ETISHLARI SOʻRALADI

2-noyabr 2021-yil
image

Kuni kecha Rost24 nashri tomonidan olis hududlarda joylashgan boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga belgilangan maxsus qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanmayotganligi yuzasidan maqola eʼlon qilindi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-yanvardagi PQ-4940-sonli qaroriga muvofiq:

- taʼlim sifati yuqori boʻlmagan taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib ishlayotgan oʻqituvchilarga respublika byudjeti hisobidan 100 va 50 foizlik qoʻshimcha ustamalar;

- olis va chekka hududlardagi taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib ishlayotgan oʻqituvchilarga mahalliy byudjetlar hisobidan bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari toʻlab kelinmoqda.

Biroq, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan mazkur maqolada koʻtarilgan masala yuzasidan holatlar manzilli oʻrganilganda haqiqatdan ham ayrim pedagog xodimlarga bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlarida uzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Ayni damda aniqlangan holatlar vazirlik tomonidan nazoratga olingan boʻlib, ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrilmoqda. Shuningdek, shu kabi holatlarni zudlik bilan hal etish hamda kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan hududiy xalq taʼlimi boʻlinmalariga topshiriqlar berildi.

 

Olis va chekka hududlardagi maktablarda boshqa hududlardan kelib ishlayotgan oʻqituvchilardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-yanvardagi PQ-4940-sonli qarorida belgilangan qoʻshimcha toʻlovlarni joylarda turli bahonalar bilan amalga oshirilmayotganlik holatlariga duch kelayotgan boʻlsa, har bir murojaatni Vazirlik tomonidan manzilli oʻrganilib, yechish maqsadida vazirlikning 71-202-09-09 raqamiga murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz.

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu