Sayt test rejimida ishlamoqda

“YOSH CHEGARACHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI

19-may 2022-yil
image

Joriy yilning 19 may kuni Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh chegarachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat.

photo2022-05-1815-47-31.jpg

Shu maqsadda o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada har bir hududdan bittadan jami 13 ta jamoa o‘zaro do‘stona bellashmoqda. Ishtirokchilar bellashuvlarda o‘z qobiliyat va isteʼdodlarini namoyon etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu