Sayt test rejimida ishlamoqda

MAKTAB KUTUBXONACHILARINING OYLIK MAOSHLARI 2022 YIL 1 SENTABRDAN OSHIRILADI!

17-may 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022–2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni asosida umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022 yil 1 sentabrdan quyidagi miqdorda oshirilishi belgilandi.

Jumladan, umumiy o‘rta taʼlim maktablarida:

oliy maʼlumotli kutubxona mudirining hozirgi kundagi oylik maoshi 1 376 803 so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2022 yil 1 sentabrdan boshlab 1 652 164 so‘m, oliy maʼlumotli kutubxonachining maoshi esa 1 151 818 so‘mdan 1 382 182 so‘mga;

bundan tashqari, o‘rta maxsus maʼlumotli kutubxona mudirining amaldagi oylik maoshi 1 261 867 so‘m bo‘lib, 2022 yil 1 sentabrdan boshlab 1 514 240 so‘mga, xuddi shunday maʼlumotga ega kutubxonachining ish haqi miqdori 1 094 227 so‘mdan 1 313 072 so‘mga ko‘tariladi.

Kutubxona xodimlarini lavozim maoshini oshirish uchun Davlat byudjetidan qo‘shimcha ravishda jami yillik qariyb 50 mlrd. so‘m mablag‘ oshiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu