Sayt test rejimida ishlamoqda

MEHRIBONLIK UYLARI TARBIYALANUVCHILARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN XALQARO TURNIRDA O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASI MUTLOQ G‘ALABANI QO‘LGA KIRITDI

16-may 2022-yil
image

12-15 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII xalqaro futbol turnirida Mehribonlik uylarining 11-12 yoshli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan terma jamoa ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada Toshkent shahridagi 21-,22-sonli hamda Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbilanuvchilaridan iborat “O‘zbekiston” terma jamoasi aʼzolari munosib ishtirok etib, musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lishdi.

22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachisi Abdulaziz Mannopov boshchiligidagi musobaqada “O‘zbekiston” terma jamoasi “Shatlova” jamoasi ustidan 4-1 xisobida g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi va ushbu bosqichda “KURSK” terma jamoasini 5-4 xisobida mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi.

photo2022-05-1609-55-24.jpg

Xalq taʼlimi vazirligi bolalarimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilab qoladi!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu