Sayt test rejimida ishlamoqda

“YOSH GVARDIYACHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHI ENG KUCHLI JAMOAGA NASIB QILDI

14-may 2022-yil
image

Joriy yilning 13 may kuni Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berilgan edi.

photo2022-05-1416-24-45-2.jpg

Mazkur musobada har bir hududdan bittadan jami 16 ta jamoalar o‘zaro do‘stona bellashdi. O‘ta qizg‘in va bahsli o‘tgan bellashuvlar natijalariga ko‘ra 1-o‘rin Navoiy2-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda 3-o‘rinni Andijon viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.

photo2022-05-1416-24-44-3.jpg

Yuqorida ta'kidlanganidek musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu