Sayt test rejimida ishlamoqda

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYINLARINING “VAZIRLIK KUBOGI” RESPUBLIKA TURNIRI YAKUNLANDI

22-oktabr 2021-yil
image

Maktab oʻquvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinlarining “Vazirlik kubogi” respublika turniri yakunlandi.

Final bosqichi yakunida Toshkent shahrining “Irfon” jamoasi 1-darajali, Fargʻona viloyatining 1-IDUMI 2-darajali hamda Andijon viloyatining “Diplomat” jamoasi 3-darajali diplomni qoʻlga kiritdi.

Turnirda “Zakovat intellektual klubi” NNT direktori oʻquvchilarga mazkur oʻyinning shakllanishi va shu kungacha bosib kelingan yoʻli haqida tushuncha berdi. Shu bilan birga oʻquvchilar orasida bu turnirni yanada kuchaytirish lozimligini taʼkidladi.

Respublika turniri yakunida gʻolib jamoalar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan qimmatbaho sovgʻa hamda diplom bilan taqdirlandi.

-

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu