Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI SURXONDARYO MAKTABLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR BILAN TANISHDI

11-oktabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib shahar va tumanlardagi umumtaʼlim maktablaridagi mavjud holatni koʻzdan kechirdi.

Xususan, ishchi tashrifning birinchi kuni Termiz shahridagi 9-Ixtisoslashtirilgan maktab internati, 3-, 4-sonli umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi.

photo2021-10-1116-06-10.jpg

Uchrashuv jarayonida vazir oʻquvchilarga bugungi kunda taʼlim sohasida yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida soʻzlab, oʻzining bilim va koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashdi.

photo2021-10-1116-06-18.jpg

Shundan soʻng, maktablarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, soha mutaxassislariga kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berib oʻtdi. Shuningdek, Sherzod Shermatov maktablarning kutubxonalariga bir qancha darsliklar va badiiy kitoblar hamda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishda oʻzining beminnat hissasini qoʻshib kelayotgan oʻqituvchilarga sovgʻalar taqdim etdi.

photo2021-10-1116-06-52.jpg

photo2021-10-1116-06-56.jpg

Ikki kun davom etgan tashrifda vazir Termiz shahridagi 14-,15-,16- hamda 20-sonli umumtaʼlim maktablarida boʻlib, ularning informatika darsida ishtirok etdi. Oʻquvchilar dars jarayonini qanday oʻzlashtirayotganini kuzatib, oʻzining kompyuter sohasidagi bilim va koʻnikmalari bilan boʻlishdi.

photo2021-10-1116-07-05.jpg

photo2021-10-1116-06-27.jpg

Shuningdek, 20-sonli umumtaʼlim maktabidagi taʼmirtalab joylarni koʻrib chiqib, qayta taʼmirlash borasida mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

 

 

Surxondaryo viloyati Xalq taʼlimi
boshqarmasi Matbuot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu