Sayt test rejimida ishlamoqda

NAVOIY SHAHRIDAGI 5 TA MUHIM TASHABBUSNI AMALGA OSHIRISH BOʻYICHA OʻTKAZILGAN TANLOV, FESTIVAL VA SPORT MUSOBAQALARIDA FAOL ISHTIROK ETGAN MAKTAB JAMOALARI TAQDIRLANDI

9-oktabr 2021-yil
image

Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da hududlarda 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik-tanlov, festival va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan umumtaʼlim maktablar jamoalarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Yakuniy natijalarga koʻra festival ishtirokchilariga jami 700 mln soʻm miqdoridagi esdalik sovgʻalari hamda sertifikatlari topshirildi, jumladan: 

1. “Besh tashabbus – sanʼat bilan” yoʻnalishida gʻolib boʻlgan Navoiy viloyatining 11 ta tuman va shahar maktab jamoalariga 11 ta xor jamoalari musiqa asboblari (doira, rubob, dutor, gitara); 

2. “Besh tashabbus – sport bilan” yoʻnalishi boʻyicha 6 ta basketbol jamoalari (oʻgʻil va qiz bolalar) basketbol shitlari, basketbol toʻplamlari, aqlli soatlar; 

3. “Besh tashabbus – axborot texnologiyalari bilan” yoʻnalishida 5 ta maktab jamoalariga 5 ta robototexnika konteynerlari, aqlli soat bilan taqdirlandilar.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu