Sayt test rejimida ishlamoqda

MAKTAB O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA “YOSH GVARDIYACHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI

13-may 2022-yil
image

Joriy yilning 13 may kuni Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

photo2022-05-1309-55-35.jpg

Mazkur musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat.

photo2022-05-1309-55-39.jpg

Shu maqsadda o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada har bir hududdan bittadan jami 16 ta jamoalar o‘zaro do‘stona bellashmoqda. Ishtirokchilar bellashuvlarda o‘z qobiliyat va isteʼdodlarini namoyon etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu