Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI FARG‘ONALIK FAXRIY PEDAGOGNING XONADONIGA YO‘QLAB BORDI

12-may 2022-yil
image

Davlatimiz rahbarining “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borayotgan islohotlari barcha soha qatori xalq taʼlimi sohasida ham o‘z aksini topmoqda. Yurtimizda keksalarni ulug‘lash va qadrlash milliy qadriyatga aylangan.

Bugun xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Toshloq tumanida uzoq yillar pedagogik faoliyat yuritgan, oddiy o‘qituvchilikdan maktab direktori, tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri lavozimida samarali faoliyat yuritgan faxriy ustoz Latofat Ergashova aya xonadonida bo‘lib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, shukronalik hissi bilan yashash, Davlatimiz rahbarining “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borayotgan islohotlari samarasi, xalq taʼlimi sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan suhbatlashildi.

photo2022-05-1122-44-59.jpg

Suhbat davomida maktab taʼlimini rivojlantirish, o‘quvchilarga taʼlim-tarbiya berish jarayonlarini yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu