Sayt test rejimida ishlamoqda

NAVOIY VILOYATI ILK 5 TASHABBUS FESTIVALIGA MEZBONLIK QILDI

8-oktabr 2021-yil
image

Respublikaning barcha hududlarida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida 5 muhim tashabbus doirasida festival tanlovlari oʻtkazilmoqda. Ilk marotaba o'tkazilayotgan festivalga Navoiy viloyati mezbonlik qilmoqda.

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari festival doirasida tashkil etilgan beshta muhim tashabbus boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda hunarmandchilik, robototexnika bilan shugʻullanib kelayotgan yoshlarning ish namunalari bilan tanishdi.

Festival doirasida 5 muhim tashabbusning 5 ta yoʻnalishlari boʻyicha umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻzlarining mahoratlarini namoyish etishdi va festivalda gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Festivalning yakuniy natijalari bilan keyingi xabarlarimizda tanishishingiz mumkin.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu