Sayt test rejimida ishlamoqda

PREZIDENT TOMONIDAN XALQ TAʼLIMINING YAQIN YILLARDAGI MUHIM YO‘NALISHLARINI BELGILAB BERADIGAN MUHIM HUJJATLAR IMZOLANDI

11-may 2022-yil
image

Xalq taʼlimini rivojlantirish va uning yaqin yillardagi asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan ikkita muhim hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni hamda “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi.

Milliy dastur maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda yangi o‘quvchi o‘rinlarini yaratish maqsadida qabul qilinmoqda.

Mazkur hujjatlarda ko‘zda tutilayotgan yangiliklardan xabardor qilib boramiz.

 
info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu