Sayt test rejimida ishlamoqda

FARG‘ONA VILOYATIDAGI TAʼLIM MUASSASALARI MUAMMOLARI O‘RGANILIB, HAL ETISH CHORALARI KO‘RILADI

11-may 2022-yil
image

Ayni damda Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Xalq taʼlimi vazirligi masʼullari tuman va shaharlardagi taʼlim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.

photo2022-05-1120-21-44.jpg

Dastlab, Farg‘ona tumanida 2020 yilda 420 o‘rinli yangi barpo etilgan maktabda taʼlim muassasasi maʼmuriyati hamda pedagoglariga yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda o‘quvchilarga sifatli taʼlim berish, kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini va kelajak avlod oldidagi masʼuliyatini yana-da oshirish zarurligi taʼkidlandi.

photo2022-05-1120-04-39.jpg

Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda to‘garaklar faoliyatini jonlantirish, bolalar qamrovini oshirish, maktablarda tarmoq to‘garaklarini tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. "Barkamol avlod" bolalar maktabi uchun zamonaviy bino qurish masalasini viloyat hokimligi bilan kelishgan xolda mahalliy Dasturlarga kiritish belgilandi.

photo2022-05-1119-53-46.jpg

Shundan so‘ng, o‘quvchi o‘rniga nisbatan qariyb 3 baravarga yetgan, bugungi kunda 2,5 ming nafar o‘quvchi taʼlim olayotgan 6-sonli maktabga borildi. Ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur maktabga tasodifiy, rejalashtirilmagan holda kirib borilishiga qaramasdan, maktabda o‘quv jarayonlari tizimli tashkil etilayotganligiga guvoh bo‘lindi. 4-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashib, iqtidorli o‘quvchilarga planshet taqdim etildi.

Kelgusi yilda yaqin hududda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta yangi maktab barpo etilishi hamda maktabga qo‘shimcha bino qurish hisobiga mazkur maktabning navbatlilik koeffitsiyentini kamaytirishga erishiladi.

photo2022-05-1120-21-51.jpg

photo2022-05-1119-53-28.jpg

Shuningdek, vazir Farg‘ona shahridagi 86-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari mavjud maktabda bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Maktab 1963 yilda barpo etilgan bo‘lib, 280 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Maktab bu yil mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan taʼmirlanib, sharoitlar yaxshilanadi.

125478.jpg

Vazir mazkur maktab pedagoglariga alohida taʼlim ehtiyojlari mavjud bolalarga taʼlim berishda juda katta masʼuliyat bilan yondashish zarurligi taʼkidlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu