Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI GERMANIYA ELCHISI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH, JUMLADAN NEMIS TILINI OʻRGANISH BOʻYICHA TAʼLIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI

23-sentabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Kliner bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi yuqori darajada hamkorlik kuzatilayotgani, shu boisdan taʼlim sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Elchi bugungi kunda oʻzbekistonlik oʻquvchilar nemis tiliga qiziqish soni boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrindaligini qayd etdi hamda erishilgan taʼlim sohasidagi aloqalar yanada yuqori darajaga koʻtarishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda Oʻzbekistonning 1139 maktabida qariyb 300 mingga yaqin oʻquvchi nemis tilini xorijiy til sifatida oʻrganmoqda.

photo2021-09-2310-55-58-2.jpg

Suhbat chogʻida nemis tilini oʻrganish boʻyicha kompleks qoʻshma dastur ishlab chiqish taklif etildi, jumladan taʼlim sifatini yanada oshirish maqsadida Germaniyadan keladigan oʻqituvchilar sonini yanada oshirish, yangi darsliklar yaratish, nemis tili oʻqituvchilarining til boʻyicha sertifikatlashtirishini tashkil qilish hamda bitiruvchilarni koʻproq Germaniya universitetlariga yoʻnaltirish borasida soʻz bordi.

Vazir yuqorida aytilganlarni inobatga olgan holda, talabalar yoki oʻqituvchilar uchun yangi grantlar, stipendiyalar yoki almashinuv dasturlari borasida doimiy xabardor qilishda yordam soʻradi va Oʻzbekistonda xalq taʼlimini rivojlantirishda bevosita qoʻllab -quvvatlash va yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

photo2021-09-2310-55-58.jpg

Elchi Oʻzbekistonda taʼlim sohasida oʻtkaziladigan tadbirlarning muhimligini taʼkidlab, xalq taʼlimi sohasida kelgusida hamkorlik qilishga va hamkorlik boʻyicha keyingi takliflarni koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi.

--

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu