Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI SAMARQANDLIK IQTIDORLI OʻQUVCHILARNING YUTUQLARINI EʼTIROF ETDI

21-sentabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov samarqandlik iqtidorli oʻquvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida til bilish darajasi boʻyicha IELTSdan 9 ballni qoʻlga kiritgan Suhrob Murodov va 7 ballni qoʻlga kiritgan Kamronbek Isoyev Xalq taʼlimi vaziri bilan ingliz tilida muloqotda boʻlib, kelajakdagi orzulari va rejalarini soʻzlab berdi.

photo2021-09-2110-06-17.jpg

Joriy yilning 29-30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Poliglot” tanlovida Samarqand shahridagi 50-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Kamronbek Isoyev 1-oʻrinni hamda 43-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Suhrob Murodov 2-oʻrinni egallagan edi.

photo2021-09-2110-06-17-2.jpg

Xalq taʼlimi vaziri oʻquvchilarning tirishqoqligi va oʻz maqsadi sari dadil odimlayotganini alohida eʼtirof etdi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar bois Kamronbek va Suhrob kabi oʻquvchilar yanada ortishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishini taʼkidladi.

Aʼlo oʻqishi va namunali xulqi bilan doʻstlariga namuna boʻlayotgan oʻquvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

Samarqand viloyati xalq taʼlimi
boshqarmasi axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu