Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTONLIK O‘QUVCHILARNI XALQARO FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASHDA XORIJIY MUTAXASSISLAR HAM ISHTIROK ETADI

7-may 2022-yil
image

O‘zbekiston terma jamoasi o‘quvchilarini nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlashda xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)da ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari hamda saralash olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan 9-10-sinf o‘quvchilari bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Moskva Davlat Universitetidan xorijiy mutaxassislar jalb qilinmoqda.

Biologiya fanlari nomzodi Georgiy Nosov o‘quvchilar bilan biologiya fanining “Biokimyo” va “Bioinformatika” bo‘limlari bo‘yicha nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

photo2022-05-1011-45-31.jpg

Ayni damda Olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari “O‘zbekiston” mehmonxonasiga joylashtirilgan va ularni xalqaro olimpiadaga tayyorlanishlari uchun kerakli barcha sharoitlar yaratilgan.

Olib borilayotgan dars jarayonlari Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb sahifalariga joylashtirib boriladi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu