Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI PESHKU TUMANIDAGI 43-MAKTAB FAOLIYATI BILAN TANISHDI

7-may 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Buxoro viloyatidagi maktablar faoliyatini o‘rganish jarayonida viloyatning uzoq tumanlaridan biri bo‘lgan Peshku tumanida bo‘ldi.

Dastavval tumandagi 43-umumtaʼlim maktabida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

1252421365.jpg

Tuman markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan 260 o‘rinli mazkur taʼlim muassasasi 1973-yilda qurilgan bo‘lib, 2012-yilda rekonstruksiya qilingan. Ayni paytda bu yerda 332 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Vazir maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan muloqotda bo‘lib, ularning kelajak tanlovlari va orzu-maqsadlari bilan qiziqdi.

Bilim insonni yuksaklikka ko‘taruvchi kuch. Qayerda va qanday muhitda yashashingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Shu bois ham o‘zingiz qiziqqan sohani tanlab, oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va hech qachon maqsadingizdan chekinmang, – deya o‘quvchilarni yuksak marralarni ko‘zlashga undadi vazir.

photo2022-05-0713-27-57.jpg

Fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan o‘quvchilarga noutbuk taqdim qilindi.

O‘qituvchilar bilan o‘tgan samimiy va ochiq muloqot jarayonida esa ustozlarga kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlar tarbiyasi o‘qituvchilar qo‘lida ekanligini alohida taʼkidladi.

– Ustozlik juda ulug‘ va sharafli kasb. Bu kasbning masʼuliyati ham juda og‘ir. Har bir pedagog ana shu masʼuliyatni yurakdan his qilmog‘i kerak, –deya taʼkidladi vazir.

photo2022-05-0713-27-52.jpg

Maktab binosini keyingi yillarda Investitsiya dasturiga kiritish rejalashtirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu