Sayt test rejimida ishlamoqda

“PREZIDENT ARCHASI” TANTANALARI BOSHLANDI (+VIDEO)

29-dekabr 2021-yil
image

Bugun 29-dekabr kuni Respublika boʻylab bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan “Prezident archasi” bayram tantanalari boshlandi.

Bugun 29-dekabr kuni Respublika boʻylab bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan “Prezident archasi” bayram tantanalari boshlandi.

“Prezident archasi”ning asosiy bayram tantanalari Toshkent shahridagi “Tomosha” bolalar teatr-studiyasida boshlandi. “Yoʻlbars afsonasi” deb nomlangan bayram dasturi ikki kun davomida bolajonlarning eʼtiboriga havola etiladi.

photo2021-12-2914-18-45-2.jpg

Mazkur bayram dasturiga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan 1365 nafar bola taklif etilgan.

photo2021-12-2914-18-42.jpg

Avvalroq Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallalari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar uchun “Prezident sovgʻalari” Respublika boʻylab yetkazib berilayotgani haqida xabar bergandik.

https://youtu.be/QUb5njQ3a3A

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu