Sayt test rejimida ishlamoqda

FARG‘ONALIK O‘QUVCHI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LDI

13-yanvar 2022-yil
image

Toshloq tumanidagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida iqtidorli o‘quvchilar safi kendaymoqda.

Mazkur maktabning 11-"A" sinf o'quvchisi Saidamir Egamberdiyev ana shunday izlanuvchan, a'lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilardan biridir. U yaqinda muddatidan oldin birdaniga 3 ta nufuzli xorij OTMga talaba sifatida qabul qilindi. 

Jumladan, AQShning Drake universitetining 100.000 AQSh dollarlik grant, Buyuk Britaniyaning Aberystwyth universitetining 2.500 dollar va Buyuk Britaniyaning Ulster universitetining 2000 dollarlik grantlarini qo‘lga kiritib, o'qishga qabul qilindi. 

Qizig‘i shundaki, Saidamir bulardan tashqari, yana 10 dan ortiq rivojlangan davlatlardagi eng mashhur OTMlarga hujjatlar topshirgan. 

Iqtidorli o‘quvchimiz yuqoridagi natijalardan balandroq yutuqlarni qo‘lga kiritib, ustozlari va yaqinlarini xushnud qilishida ishonch bildiramiz.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu