Sayt test rejimida ishlamoqda

ONLAYN OLIMPIADADA G‘OLIB BO‘LGAN JIZZAXLIK 5 NAFAR O‘QUVCHIGA XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING SOVG‘ALARI — PLANSHETLAR TOPSHIRILDI

20-yanvar 2022-yil
image

Onlayn olimpiadada g‘olib bo‘lgan jizzaxlik 5 nafar o‘quvchiga Xalq taʼlimi vazirligining sovg‘alari — planshetlar topshirildi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning qishki taʼtil vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 2022 yilning 6-10 yanvar kunlari 4-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Onlayn olimpiadalar marafoni o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Mazkur tanlov g‘oliblari orasida Jizzax viloyatidan sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar ham bor. Bugun Jizzax viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Sadriddinova Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan planshetlar va boshqarma tomonidan diplom va yesdalik sovg‘alarni g‘olib o‘quvchilarga topshirdi.

Ushbu olimpiadada respublika miqyosida jami 357 ming nafar 4-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Xalq taʼlimi vazirligi sovg‘asi sifatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4-9-sinf o‘quvchilarga planshet va 10-11-sinf o‘quvchilariga esa noutbuk sovg‘a tayinlangandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu