Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI “ONLAYN” TA’LIM JARAYONIDA YUZAGA KELGAN BIR QATOR TUSHUNMOVCHILIKLAR YUZASIDAN QO‘SHIMCHA KO‘RSATMA BERDI

27-yanvar 2022-yil
image

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni “onlayn” shaklda amalga oshiriladigan davrda joylarda o‘qituvchilarni ishga qabul qilish va ularga ish haqi to‘lovlarini amalga oshirishda bir qator tushunmovchilik, e’tiroz va muammoli masalalarga aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha ko‘rsatma beradi.

Ushbu Ko‘rsatma xatiga ko‘ra quyidagi holatlarga ruxsat beriladi:

homiladorlik va tug‘ish, bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan o‘qituvchilar o‘rniga muayyan muddatli mehnat shartnomasi asosida yangi xodimni asosiy ish bo‘yicha ishga qabul qilishga;

mehnat shartnomasi bekor qilingan o‘qituvchilar o‘rniga nomuayyan muddatli mehnat shartnomasi asosida yangi xodimni asosiy ish bo‘yicha ishga qabul qilishga;

faqatgina o‘qituvchilarning mehnatga layoqatsizlik varaqasida bo‘lgan davrida ularning dars yuklamasini mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda mazkur muassasaning mutaxassisligi to‘g‘ri keluvchi mavjud o‘qituvchilariga vaqtincha taqsimlanishiga ruxsat etiladi.

Shuning bilan birgalikda, koronavirusning yangi shtammining keng tarqalishini oldini olish, xodimlar sog‘lig‘ini himoyalash hamda pedagoglarning ish faoliyatini tashkil etishda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

bir vaqtning o‘zida asosiy va o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga ularning o‘rindoshlik bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan maktabida belgilangan vazifalarni uydan turib bajarishlariga imkoniyat yaratib berish;

o‘qituvchilarning mavjud haftalik dars yuklamalari miqdoriga mutanosib ravishda ularni maktabda bo‘lishiga sharoit yaratib berish;

Maktablarda o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan talabalarga yashash manzili va ish joyining geografik joylashuvini hisobga olib, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni uydan turib bajarishiga istisno tariqasida imkoniyat berish tavsiya etiladi.

Mazkur ko‘rsatmani amalga oshirishga birinchi rahbarlar shaxsan javobgar sanaladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu