Sayt test rejimida ishlamoqda

“MEHRLI MAKTAB” MALAKALI O‘QITUVCHILARNI ISHGA TAKLIF QILADI

1-mart 2022-yil
image

Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga umumiy o‘rta taʼlim berish uchun tashkil etilgan “Mehrli maktab”ga quyidagi mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif etamiz:

1. Direktor o‘rinbosari;

2.  Fan o‘qituvchilari (ona tili va adabiyot o‘qituvchisi, matematika o‘qituvchisi, tarix o‘qituvchisi, ingliz tili o‘qituvchisi, fizika o‘qituvchisi, biologiya o‘qituvchisi, kimyo o‘qituvchisi, rus tili va adabiyot o‘qituvchisi, informatika o‘qituvchisi, geografiya va iqtisod o‘qituvchisi)

3.Psixolog;

4.To‘garak rahbari.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

a) direktor o‘rinbosari lavozimiga:

oliy (pedagogik) maʼlumotli, kamida 5 yillik pedagogik ish tajribasiga hamda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quv jarayonlarini boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, o‘zbek va rus tillarini mukammal biladigan mutaxassislar;

b) fan o‘qituvchilari lavozimiga: 

oliy (pedagogik) maʼlumotli, dars berayotgan fani bo‘yicha kamida birinchi toifali, 3 yillik pedagogik ish stajiga ega, statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan pedagoglar; 

v) psixolog lavozimiga:  

oliy maʼlumotli, bolalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega, kamida 3 yillik psixolog faoliyati bilan shug‘ullangan, rus va o‘zbek tillarini mukammal biladigan mutaxassislar; 

g) to‘garak rahbari lavozimiga:  

maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida faoliyat yuritgan, mahoratli to‘garak rahbarlari.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlar Xalq taʼlimi vazirligining mehrli.maktab@xtv.uz elektron pochta manziliga shu yilning 15 martga qadar quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari mumkin:

maʼlumotnoma-obyektivka, diplom nusxasi.

Yuqoridagi malaka talablariga mos kelgan nomzodlar suhbat (intervyu)  asosida ishga qabul qilinadi.  

✅Pedagog xodimlarga 100 foizlik ustama beriladi va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

МАЪЛУМОТНОМА (Резюме) 

miii141425.jpg

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu