Sayt test rejimida ishlamoqda

«ENGLISH SPEAKING NATION» DASTURI DOIRASIDA “TESOL” SERTIFIKATIGA EGA 82 NAFAR O‘QITUVCHI 837 NAFAR KASBDOSHIGA KASKAD USULIDA MASHG‘ULOT O‘TADI

4-mart 2022-yil
image

2022 yil mart oyidan boshlab «English Speaking Nation» (ESN) dasturi doirasida O‘zbekistonlik 837 nafar o‘qituvchi uchun «Teacher to Teacher» ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy metodlarini o‘qitish bo‘yicha kaskad usulidagi mashg‘ulotlar seriyasi yo‘lga qo‘yiladi.

AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi va O‘zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019 yilning noyabr oyida amalga oshirishni boshlangan «English Speaking Nation: Secondary Teacher Training» (ESN:STT) dasturi doirasida 4 mart juma kuni «Teacher to Teacher» o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirish va o‘qitish bo‘yicha mashg‘ulotlar seriyasining kaskad usuli bosqichi boshlanadi.

photo2022-03-0417-37-42.jpg

«English Speaking Nation: Secondary Teacher Training» (ESN:STT) - byudjeti 5 million AQSH dollarlik uch yillik dastur bo‘lib, uning maqsadi butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab davlat maktablarida 15 000 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilarini o‘qitish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etishdir. 

«Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika Kengashlari» («American Councils») tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ESN:STT dasturi doirasida O‘zbekistonlik 386 nafar o‘qituvchilarini sertifikatlashtirishdan o‘tkazishga va 2021 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha  intensiv, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan va sinfda o‘tiladigan 140 soatlik yuzma-yuz amaliy kursi - «TESOL Core Certificate Program» (TCCP)ni dasturini taqdim qilish uchun “TESOL” Xalqaro assotsiatsiyasi vakillari taklif qilindi. 

O‘tgan yilning oktyabr oyida O‘zbekistonning 196 nafar o‘qituvchisi «Trenerlarni tayyorlash» malaka oshirish seminarida qatnashib, TESOL «6 Principles» o‘quv kursiga qo‘shimcha sifatida, Virdjiniya shtatidagi Ferfaks Djordj Meyson Universiteti tomonidan tashkil etilgan va o‘tkazilgan «Ingliz tilida ingliz tilini o‘qitish» (TETE) kursini muvaffaqiyatli yakunladilar. 

photo2022-03-0417-37-37.jpg4 martdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab davlat umumtaʼlim maktablari va OTMlarda ishlaydigan “TESOL” sertifikatiga ega bo‘lgan 82 nafar o‘zbekistonlik asosiy o‘qituvchi-trenerlar Respublika bo‘ylab boshqa kasbdosh-ingliz tili o‘qituvchilari bilan o‘z bilim va maʼlumotlarini almashishni boshlaydilar. O‘zbekistonlik har bir asosiy o‘qituvchi-trener Hududiy kasbdosh-mentorlar deb nomlanuvchi 10-12 nafar o‘qituvchidan iborat guruhlarni qabul qiladi. Kelgusi 12 hafta davomida, har juma kuni ushbu 82 nafar asosiy o‘qituvchi-trenerlar butun mamlakat bo‘ylab 837 ta Hududiy kasbdosh-mentorlar bilan TESOL «6 tamoyil» o‘quv kursiga va Djordj Meyson «Ingliz tilida ingliz tilini o‘qitish» kursiga asosan haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar.

photo2022-03-0417-37-49.jpg“ESN:STT” dasturining yakuniy maqsadi Xalq taʼlimi vazirligining eng kuchli va eng qobiliyatli o‘qituvchilari uchun mahalliy o‘qituvchilar tayyorlash salohiyatini kuchaytirishga, shu bilan birga zamonaviy o‘qitish metodlari, standartlari va normalarini O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi davlat umumtaʼlim maktablarida tobora ko‘payib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilariga yetkazishdir.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu