Sayt test rejimida ishlamoqda

ERON ELCHISI BILAN HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILADIGAN REJALAR BELGILAB OLINDI

15-mart 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi janob Hamid Nayerobodiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar taʼlim, madaniyat, savdo iqtisodiy va investitsiyalar sohasida izchil rivojlanib, barcha hamkorlik yo‘nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishib kelinayotgani yuksak baholandi.

Hamid Nayerobodiy o‘zbek xalqini yaqinlashayotgan yangilanish va yasharish bayrami bo‘lmish “Navro‘z” bilan tabriklab, O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi va kelgusida ikki davlat taʼlim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilishiga umid bildirdi.

Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu