Sayt test rejimida ishlamoqda

SO‘X TUMANIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

31-mart 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri So‘x tumani hokimi bilan birga tumandagi 21-, 19-, 2-, 1-maktab hamda Investitsiya dasturi asosida qurilayotgan zamonaviy maktabda bo‘lib, taʼlim maskanlari faoliyatini o‘rgandi.

Baxtiyor Saidov 21-maktabda o‘quvchilar bilan suhbatlashib, faol ishtirok etgan o‘quvchini kompyuter bilan taqdirladi. 6-sinf o‘quvchilariga badiiy kitoblar taqdim etib, maktabni kompyuter sinf to‘plami bilan taʼminlash bo‘yicha masʼullarga topshiriq berdi.

photo2022-03-3110-44-23-2.jpg

Vazir 19-umumtaʼlim maktabida ham bo‘lib, pedagoglar tomonidan olib borilayotgan to‘garak mashg‘ulotida ishtirok etdi. So‘ngra maktabdagi mavjud muammolar tinglanib, uch nafar o‘quvchiga o‘rinli taklifi uchun kompyuter sovg‘a qildi.

2- va 1-umumtaʼlim maktablarida mahalla aholisi murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Vazir bilan suhbatda faollik ko‘rsatgan 2-maktabning aʼlochi o‘quvchilari kompyuter va badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

photo2022-03-3110-44-24.jpgShuningdek, Bag‘dod tumanidan So‘x tumaniga kelib dars berayotgan 14-maktabning informatika fani o‘qituvchisi murojaatiga muvofiq mazkur taʼlim muassasasini kompyuter sinfi to‘plami bilan taʼminlash bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriq berildi.

photo2022-03-3110-44-26.jpgSo‘x tumaniga tashrif chog‘ida ota- onalar va mahalla faollari bilan alohida uchrashuv o‘tkazilib, unda taʼlim tizimida ota-ona va mahallaning roli borasida fikr almashildi. Bugungi kunda taʼlim tizimi rivojlanishida jamiyatning taʼlim-tarbiyaga eʼtibori eng muhim sarmoyadan biri hisoblanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu