Sayt test rejimida ishlamoqda

“Raqamli maktab” hamda “Raqamli o‘qituvchi” tanlovi: iqtidoringizni biz bilan birga sinab ko‘ring! 

8-may 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan eMaktab raqamli ta’lim platformasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bora “Raqamli maktab” va “Raqamli o‘qituvchi” tanlovi tashkil etilmoqda.  
Unda yurtimizdagi barcha maktablar va ustozlar ishtirok etishlari mumkin. 
Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim standartlarini oshirish, o‘qituvchilarni yanada samarali ishlashga undash va ish vaqtini muvofiqlashtirishdan iborat. 
Tanlovda ishtirok etishni istovchi nomzod pedagoglar o‘zlarining raqamli uy vazifalarini yaratishlari va ularni ushbu havola orqali jo‘natishlari so‘raladi. 
Ishtirokchi maktablardan esa elektron jurnalni o‘z vaqtida to‘ldirib borish, raqamli uy vazifalarini topshirish va bajarish bo‘yicha yuqori foiz ko‘rsatkichi talab etiladi.  
Bunda pedagoglar va maktablarning 2023-2024-o‘quv yili 4-choragidagi faoliyati baholanadi. 
Tahlil natijalariga ko‘ra, har bir viloyatdan bittadan maktab va har bir raqamli maktabdan bittadan o‘qituvchi tanlab olinadi. 
Gʻoliblar  qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi.
Kelgusida ushbu tanlovni muntazam ravishda o‘tkazilish rejalashtirilgan. 
Faoliyatingizda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanib, g‘alaba uchun oʻz imkoniyatlaringizni oshiring. 
Tanlov g‘oliblari o‘quv yili so‘ngida aniqlanadi.
Bunda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 14 ta maktab va 14 ta o‘qituvchi saralab olinadi.
Tanlov natijalari 2024-yilning iyun oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu