Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI QO‘QON SHAHRI TAʼLIM MUASSASALARIDAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI

1-aprel 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri keyingi manzilda Qo‘qon shahridagi 27-umumiy o‘rta taʼlim maktabining taʼlim jarayonini ko‘zdan kechirdi. 1976 yilda qurilgan mazkur taʼlim muassasasida 1 190 nafar o‘quvchi taʼlim va tarbiya olmoqda. Ularga 70 nafar pedagog dars bermoqda.

Baxtiyor Saidov maktabda matematika fanidan tashkil etilgan to‘garakda taʼlim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashib, ular bilan kelajakdagi rejalari xususida suhbatlashdi. O‘quvchilarning fikrlarini tinglab, ularga maslahatlar berdi.

photo2022-04-0112-58-11.jpg

Shundan so‘ng, maktab rahbari va pedagogik jamoa aʼzolarining taʼlim sifatini ko‘tarish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi. Pedagoglar bilan muloqot chog‘ida maktabda o‘quvchilarga sifatli taʼlim berish, malakali pedagoglar safini kengaytirish, kasbiy mahoratini oshirish bilan birga, o‘qituvchilar zimmasidagi masʼuliyatni ham anglash zarurligi taʼkidlandi.

Davra suhbati shaklida o‘tgan muloqotda ishtirokchilar bergan savollariga atroflicha javob oldi. Ayrim ko‘zga tashlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

photo2022-04-0112-57-49.jpg

Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati halq taʼlimi boshqarmasida vazir ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi shahar va tumanlar xalq taʼlimi bo‘limi mudirlari, Tashxis markazi rahbarlari, maxsus maktablar va maktab internatlar rahbarlari qatnashdilar.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu