Sayt test rejimida ishlamoqda

Oʻquvchi yoshlar diqqatiga

19-aprel 2024-yil
image

Respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchi yoshlari diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 212-son qaroriga asosan har yili "Yashil chiroq" musobaqasi 4 bosqichda boʻlib oʻtadi.

1-bosqich taʼlim muassasalarida har yili fevral-mart oylarida oʻtkaziladi. Mazkur bosqichda musobaqa sinflararo yoʻl harakati qoidalari boʻyicha oʻtkaziladi va yoʻl harakati qoidalarini yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilardan “yashil chiroq” guruhlari tuziladi. Bu guruhga 11 — 14 yoshli 5 — 8-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi;

2-bosqich (mahalliy bosqich) har yili mart-aprel oylarida tuman (shahar) doirasida oʻtkaziladi;

3-bosqich (hududiy bosqich) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri doirasida tuman (shahar) gʻoliblari ishtirokida har yili may oyida oʻtkaziladi;

4-bosqich (respublika bosqichi) har yili iyun-iyul oylarida uchinchi bosqichda 1-oʻrinni egallagan guruhlar ishtirokida oʻtkaziladi.

BATAFSIL

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu