Sayt test rejimida ishlamoqda

Jizzaxlik pedagoglarning o‘quvchilar taʼlim-tarbiyasini yana-da yaxshilashga doir fikrlari tinglandi

27-mart 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Jizzax viloyatidagi umumtaʼlim maktab direktorlari o‘rinbosarlari va amaliyotchi psixologlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda sohada olib borilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar tahlil etildi. Xususan, maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilar taʼlim-tarbiyasini yana-da yaxshilash bo‘yicha pedagoglarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Vazir o‘rinbosari keltirib o‘tilgan masalalarni hal etishda maktab maʼmuriyatining muhim vazifalari va soha rivojidagi boshqa jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu