Sayt test rejimida ishlamoqda

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlarga start berildi

19-mart 2024-yil
image

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlarga start berildi.

Tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, zamonaviy tajribalar asosida hamda yuqori saviyada tashkil etish uchun 4 ta yo‘nalishdagi loyiha va tanlovlar o‘tkaziladi:

➖Xalq sayllari:

“Kim oladi-yo....”, “Chillak”, “Varrak”, “Eshak mindi”, “Lanka”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Arqon tortish”, “Ko‘z bog‘lar” o‘yinlari

➖Keksalarni eʼzozlash haftaligi:

“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganini pari bilmas”, “Uch avlod uchrashganda”, “Milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalar” kabi mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari

➖Sog‘lom turmush tarafdorimiz aksiyasi:

“Besh tashabbus Navro‘zda”, “Milliy kurash”, “Polvonlar bellashuvi”, “Yelkada kurash” sport musobaqalari

➖Ekologiya yo‘nalishi:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi, «Ekopatrul» loyihasi, “Eng obod taʼlim muassasasi”, “Obod maktab” ekologik tanlovlari.

Mazkur tadbirlarga respublikadagi mavjud 10 182 ta taʼlim muassasasidagi 4.5 mln. nafar o‘quvchi-yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu