Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori Olmazor tumanidagi 1-maktabga tashrif buyurdi

14-mart 2024-yil
image

Mazkur maktab 740 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, bugungi kunda 715 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda, ya'ni maktab 0,95 koeffitsiyentda faoliyat yuritmoqda.

Tashrif davomida Agrippina Shin maktabdagi sharoitlar, o'qituvchilar bilan yaqindan tanishdi. Xalqimizdan vatanparvar shaxslar yetishib chiqishida avvalo ilm olish muhimligini ta'kidladi.

O'quv jarayonida nafaqat fanlarni o'rganish, balki kasbga yo'naltirilgan to'garaklarni tashkil etish taklifini ilgari surdi. "Bo'sh turgan sinf xonalarida tikuvchilik, duradgorlik to'garaklari faoliyat yuritsa, bolalarning hunar egallashiga imkoniyat yaratgan bo'lamiz", dedi vazirning birinchi o'rinbosari.

Shuningdek, 2023-yil yakuniga ko'ra bitiruvchilarning 40 foizi oliy o'quv yurtlariga hujjat topshirgani ma'lum bo'ldi, qolgan 60 foiz bolaning bandlik masalasini tahlil qilish lozimligi qayd etildi.

Agrippina Shin madaniy faoliyat bo'yicha ham qator takliflarni berdi. Xususan, ushbu maktabda o‘qigan mamlakatimizning faol arboblari davlat xizmatchilarini jalb etgan holda badiiy-ijodiy kechalar, uchrashuvlar tashkil etilsa, bolalarning dunyoqarashiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aytib o'tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu