Sayt test rejimida ishlamoqda

Kitobxonlik festivali

13-mart 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida har oy viloyatlar ketma-ketligida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilib kelinmoqda. 2024-yil 15-mart kuni “Kitobxonlik festivali” Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Kitobxon maktab”

“Eng yosh kitobxon”

“Kitobsevar o‘quvchi”

“Tashkilotchi kutubxonachi”

“Eng faxriy kutubxonachi”

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu