Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni eʼlon qilindi

6-mart 2024-yil
image

Unga ko‘ra, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi:

➖Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi Zevarjon Norbayeva — II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan;

➖Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 16-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Xusniobod Soxibova hamda

➖“G‘uncha” jurnali bosh muharriri Dilfuza Shamalikova — “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu