Sayt test rejimida ishlamoqda

BUXOROLIK O‘QUVCHI QIZ “YОSH KITOBXON” TANLOVINING G‘OLIBI BO‘LIB, SPARK AVTOMOBILINI QO‘LGA KIRITDI

5-aprel 2022-yil
image

Buxoro shahridagi 30-umumtaʼlim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Muxlisa Nasimova “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egallab, tanlovning bosh sovrini Prezident sovg‘asi - SPARK avtomashinasini qo‘lga kiritdi.

Avval xabar berganimizdek, Muxlisa mazkur tanlovda uchinchi marta ishtirok etyapti. Ilk bor ishtirok etganida, 6-sinfda edi, o‘shanda shahar bosqichi g‘oliblari qatoridan joy olgan. 2020 yilda viloyat g‘olibi sifatida respublika bosqichida ishtirok etdi. Bu gal esa Muxlisa eng yuksak marrani ko‘zlagan edi.

Mana, nihoyat kitobxon qizning intilishlari o‘z samara ko‘rsatdi va u yuksak marrani zabt etdi.

Barakalla Muxlisa! Biz sen bilan faxrlanamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu