Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunini imzoladi

1-fevral 2024-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunini imzoladi.

Ushbu Qonun pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, ular faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.

Pedagog xodimning maqomini belgilash, ularning obro‘sini yanada yuqori ko‘tarish, sha’ni va qadr qimmatini himoya qilish, huquq va majburiyatlarini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilingan mazkur Qonunda sohaga doir ko‘plab jihatlar tilga olib o‘tilgan.

Qonunda pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida:

  • kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek pedagogning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish;
  • kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga, qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
  • kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan aholining soliqlar, kommunal to‘lovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
  • kuz-qish davrida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ta’lim tashkilotida navbatchilikka jalb etish taqiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Qonunning to‘liq matni 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu