Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik tizimidagi xodimlar lavozim yo‘riqnomalarining yangi tahriri tasdiqlandi

30-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari nizomlari hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari xodimlari lavozim majburiyatlarining yangi tahriri tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: Vazirlik huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari va vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalar tomonidan Agentliklar, tashkilotlar va tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim majburiyatlari ishlab chiqiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarining namunaviy nizomi va xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari;

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining namunaviy nizomi va xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari;

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim majburiyatlari.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu