Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRI BUGUN TOSHKENT SHAHRIDAGI BIR QATOR MAKTABLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

16-aprel 2022-yil
image

 

Bugun Xalq taʼlimi vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Mirzo Ulug‘bek (112-, 209-, 308-, 338-maktab va 105-maxsus maktab-internat) hamda Yashnobod tumanidagi (166-, 226-, 244-maktab, 103-maxsus maktab-internat va 30-sonli “Mehribonlik uyi”) taʼlim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, pedagoglarning salohiyati, o‘quvchilarga berilayotgan bilim darajasi tahlil qilindi.

photo2022-04-1700-01-58.jpgO‘rganilgan taʼlim muassasalarida o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan muloqot qilinib, bugungi kunda xalq taʼlimi sohasini rivojlantirishdagi dolzarb vazifalar, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, yangi metodikalarga o‘qitish, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, ularni hayotda muvaffaqiyatga erishishlari uchun aniq maqsad qo‘yishlari, iqtisodiyot tarmoqlarida zarur bo‘lgan kasblarga ega bo‘lishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

photo2022-04-1700-01-59.jpg

Yashnobod tumanidagi 166-maktabning 9-sinfida “Vazir darsi” tashkil etilib, “Iqtisodiy bilim asoslari” fanidan o‘quvchilarga mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik samaralari aniq faktlar asosida tushuntirib berildi. 

Bu kabi muloqotlar Yashnobod tumanidagi 244-, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-, 209- va 308-maktablarida ham tashkil etildi.

photo2022-04-1700-02-03.jpg

Alohida taʼlimga ehtiyoji mavjud bolalar uchun mo‘ljallangan 103- va 105-maxsus maktab-internat hamda 30-"Mehribonlik uyi"da bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilarning qo‘l mehnati asosida yaratilgan ijodiy ishlari eʼtirof etildi. Bu kabi bolalarga alohida g‘amxo‘rlik va mehr bilan qarash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish zarurligi taʼkidlandi.  

O‘rganish jarayonida bir necha maktablardagi mavjud muammolarni tayyorlanayotgan yo‘l xaritasiga (manzilli dastur) kiritgan holda hal etish rejalashtirildi.

photo2022-04-1700-02-04.jpgXususan, 166-maktabda navbatlilik koeffitsiyenti qariyb 3 baravarga yetgani uchun qo‘shimcha bino qurish, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-, 209-maktab, Yashnobod tumanidagi 244-maktab binolarini mukammal taʼmirlash, 103-maktab-internatda “Logoped markazi” binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish, 105-maktab-internatlarda oshxona, dam olish maydonchasi (besedka) qurish dasturga kiritildi.

photo2022-04-1700-02-05.jpgMirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-maktab informatika xonasi uchun 16 dona kompyuter taqdim etildi.

photo2022-04-1700-02-07.jpgMaktablar faoliyatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha har bir maktab kesimida “maktabbay” taʼlim mazmunini yaxshilash yangi metodikalar asosida o‘qitish va o‘quvchilarga sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu