Sayt test rejimida ishlamoqda

Koreys tili olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

20-yanvar 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda  ilk bora Koreys tili olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda butun Respublikamizdan kelgan o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Robiya Oybekova - Andijon viloyati, Shahrihon tumani, 1-sonli maktab o‘quvchisi - 1-o‘rinni,
Ahmadullo Subhanov - Buxoro viloyati, Buxoro shahri 42-sonli maktab o‘quvchisi - 2-o‘rinni,
Kim Artur - Toshkent shahar Mirobod tumani MATES nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi - 3-o‘rinni egallashdi.

Shuningdek:

  • Muhammad No‘monxo‘jayev - Namangan shahar 34-maktab o‘quvchisi 4-o‘rinni, 
  • Diana Razmatova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 35-sonli maktab o‘quvchisi 5-o‘rinni,
  • Iroda Rahimova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 190-sonli maktab o‘quvchisi 6-o‘rinni,
  • Lazokatxon Inagamova - Toshkent shahar, Yashnobod tumani 145-sonli maktab o‘quvchisi 7-o‘rinni,
  • Kim Kristina - Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani 54-sonli maktab o‘quvchisi 8-o‘rinni,
  • Ramzbek Boymurodov - Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 167-sonli maktab o‘quvchisi 9-o‘rinni,
  • Ruxshonaxon Marufova - Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi 10-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Olimpiada g‘oliblari quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin:  6 000 000 so‘m;
2-o‘rin:  4 500 000 so‘m;
3-o‘rin:  3 500 000 so‘m;
4-10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa 1 000 000 so‘m.

Shuningdek, 1-5-o‘rin sohiblari Koreyaga ta’lim sayohatiga yuborilishi rejalashtirilmoqda. 

Bunda barcha mukofot va ta’lim sayohati xarajatlari Koreya ta’lim markazi tomonidan qoplanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu