Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangi o‘qish haftasi barcha maktablarda “Ertalabki saflanish” bilan boshlandi

15-yanvar 2024-yil
image

Dushanba, yangi o‘qish haftasi barcha maktablarda “Ertalabki saflanish” tadbirlari bilan boshlanadi. Unda o‘quvchi va o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi ijro etilib, Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

Saflanish chog‘ida o‘zining a'lo baholari bilan namuna bo‘lgan o‘quvchilar tomonidan o‘tgan hafta davomida yurtimiz hayotida va dunyo miqyosida sodir bo‘lgan muhim yangiliklar haqida axborot berildi.

Tadbirlar yakunida hafta mobaynida o‘quvchilar erishgan yutuqlari uchun maktab rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

Ertalabki saflanish o‘quvchi va o‘qituvchilarga yangi haftani ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun motivatsiya berish maqsadida o‘tkaziladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu