Sayt test rejimida ishlamoqda

Malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etishga doir o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda

11-yanvar 2024-yil
image

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrda 692-son qarori asosida 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinmoqda.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Hozirga qadar bu kabi o‘quv seminarlari Xorazm viloyati (2500 nafar), Buxoro viloyati (1 140 nafar), Sirdaryo viloyati (280 nafar), Toshkent viloyati (1 600 nafar), Samarqand viloyati (2 400 nafar) doirasida onlayn shaklda, Toshkent shahri (340 nafar) doirasida oflayn shaklda tashkil etildi.

️Ushbu seminarlarda umumiy hisobda 10 000 nafarga yaqin, jumladan:

1000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktorlari;

3 000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktori o‘rinbosarlari;

5 000 nafardan ortiq umumta’lim maktablar pedagoglari;

800 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Shuningdek, bu kabi o‘quv seminarlari bugun — 11-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati (https://t.me/qashqadaryo_vxtb/61616), ertaga — 12-yanvar kuni Surxondaryo viloyati doirasida onlayn shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur viloyatlar hamda boshqa hududlardagi soha xodimlari ishtirokida tashkil etiladigan o‘quv seminarlari haqidagi ma’lumot (o‘tkazilish vaqti, seminar havola manzili)lar bilan vazirlikning rasmiy kanаllari orqali tanishib borishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu