Sayt test rejimida ishlamoqda

Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

9-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan yig'ilishda vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

Unda sohada ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ta’lim sifatini oshirishda pedagoglarining zamonaviy ta’lim standartlariga mos ravishda ish olib borishini ta’minlash muhimligiga alohida urg‘u berildi.

Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hududiy boshqarma boshliqlariga o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahrida bo’lib o’tgan o’qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv hududlar kesimida ham bo’lib o’tishi rejalashtirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu