Sayt test rejimida ishlamoqda

Koreys tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

9-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshchiligida A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya taʼlim markazi hamkorligida koreys tili fani o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.  (https://t.me/avloniyuz/6558)

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o'rinbosari Uzoqboy Begimqulov hamda Koreya Respublikasi Elchixonasining Bosh konsuli Kuk Chan Hyon ochib berdi.  

Unda maktabgacha va maktab ta'limi tizimi, xususan, malaka oshirish tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmuni, ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha erishilgan yutuqlar va dolzarb muammolar haqida so'z yuritildi.

Shuningdek, koreys tili fani o'qituvchilari uchun mazkur malaka oshirish kurlari maktablarda koreys tilini o'qitish sifatini yaxshilashda muhim omil bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

O'quv kurslariga respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari jalb etildi. O'quv kurslarini olib borish uchun mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Koreya Respublikasi tomonidan til egalari taklif etildi.

Toshkent shahridagi Adju Universitetida tashkil etilgan mazkur kurslardagi dars mashg'ulotlari Koreyaning Kukminde universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda olib boriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu